Klichko o‘zini tank ostiga tashladi
Ukraina poytaxti hokimi Vitaliy Klichko poligonda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotda ishtirok etdi.
Kiyev mudofaasini ishlab chiqishga qaratilgan mashg‘ulotlarda shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, tumanlar rahbarlari qatnashdilar.
«Shahar rahbariyati poytaxt xavfsizligi uchun javobgardir va har qanday hodisaga tayyor turishi kerak», — dedi u «Facebook»da.
Rasmiylar «Desna» harbiy o‘quv markazida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘taganlar.
Tadbir paytida Klichkoning o‘zi e’lon qilgan videoda tank ostida «yotishni» va granata uloqtirishni o‘rgangani aks etgan.
Hokimning so‘zlariga ko‘ra, bunday mashqlar Kiyev rahbariyati uchun odatiy holga aylanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter