Xitoy Nensi Pelosiga qarshi sanksiya joriy qildi
Xitoy AQSh Kongressi palatasi spikeri Nensi Pelosiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda.
«AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Pekinning jiddiy ogohlantirishi va Xitoyning ichki ishlariga aralashmaslik chaqirig‘iga qaramay, Tayvanga tashrif buyurdi. Bu harakat XXR suvereniteti va hududiy yaxlitligiga jiddiy putur yetkazadi, yagona Xitoy tamoyilini oyoq osti qiladi va Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik va barqarorlikka jiddiy tahdid soladi», — deyiladi Xitoy TIV xabarida.
Pelosining harakatlari provokatsion deb atalgan.
Cheklovlar Pelosi oilasi a’zolariga ham tegishli bo‘ladi. Sanksiyalar haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Nensi Pelosi Tayvanga 2 avgust kuni yetib kelgandi.
Siyosatchining matbuot xizmati «uning tashrifi Qo‘shma Shtatlarning Tayvan demokratiyasini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligidan dalolatdir» va AQShning Xitoyga nisbatan siyosatiga zid emasligini aytdi. Shu bilan birga, Xitoy Tashqi ishlar vazirligi uning orolga tashrifidan keskin norozilik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter