Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiprda ulkan tabiiy gaz koni topildi

Kiprda ulkan tabiiy gaz koni topildi

Foto: «Cypriot News»

«ExxonMobil» Kipr qirg‘oqbo‘yi hududida ulkan tabiiy gaz konini topdi. Bu haqda Amerika kompaniyasining matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Gaz koni Kipr Respublikasi iqtisodiy zonasidagi o‘ninchi blok hududida aniqlangan. Zaxira hajmi 142 — 227 mlrd. kub metr atrofida baholanmoqda.

— Bu zaxiralar salohiyatini aniqlab olish uchun yaqin oylarda chuqur o‘rganishlar talab qilinadi, — deyiladi «ExxonMobil» bayonotida.

Agarda geologlarning hisob-kitoblari to‘g‘ri chiqsa, Kiprdagi kon kattaligi bo‘yicha dunyodagi uchinchi tabiiy gaz koniga aylanadi.

O‘ninchi blok hududi 2,6 ming kvadrat kilometrga teng. Bu yerda chuqurligi 4,2 ming metrli ikkita gaz qudug‘i qazilgan, hududda dengiz chuqurligi 2 ming metrdan oshadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring