Kipr 5G to‘liq qamroviga erishgan ilk Yevropa mamlakatiga aylandi
Kipr Respublikasi Yevropa ittifoqi tarkibidagi hududi to‘liq 5G standartidagi mobil tarmoq bilan qoplangan ilk mamlakatga aylandi.
Bu haqda CYTA (Cyprus Telecommunication Authority) telekommunikatsiya kompaniyasi ma’lum qildi.
«5G texnologiyasi va uning afzalliklari endi butun Kipr bo‘ylab, hatto eng chekka tumanlarda ham mavjud», — dedi kompaniya bosh direktori Andreas Neokleus ushbu tarmoq eng so‘nggi aholi maskani — Limasol, Nikosiya va Larnaka viloyatlari chegarasida joylashgan Sikopetra qishlog‘iga yetkazilganidan so‘ng.
CYTA prezidenti Mixalis Ioannidis ta’kidlashicha, bunday muvaffaqiyatga hali Yevropa ittifoqining bironta mamlakati erishgan emas.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter