Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In Si Szinpindan xalqaro iqtisodiy sanksiyalarni olib tashlashda ko‘mak berishini so‘ragan

Kim Chen In Si Szinpindan xalqaro iqtisodiy sanksiyalarni olib tashlashda ko‘mak berishini so‘ragan

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In iyun oyida Xitoyga kelganida XXR raisi Si Szinpindan Shimoliy Koreyaga nisbatan qo‘llangan iqtisodiy sanksiyalarni olib tashlashda ko‘mak ko‘rsatishni so‘ragan. Bu haqda «RIA Novosti» «Iomiuri» gazetasi tarqatgan xabarga asoslanib xabar bermoqda. Shuningdek, Kim Chen In mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy holat haqida ham ma’lumot bergan.

«KXDR rahbari Si Szinpin bilan uchrashib quyidagilarni aytdi: «Iqtisodiy sanksiyalar juda og‘ir oqibatlarga olib kelmoqda. AQSh hamda KXDR rahbarlarining muvaffaqiyatli o‘tgan sammitidan so‘ng sanksiyalar tez kunda olib tashlanishiga umid qilmoqdamiz». Shuningdek, u sanksiyalarning tezroq olib tashlanishida yordam ko‘rsatishni so‘rab murojaat qildi», — deyiladi gazetadagi maqolada.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In shu yilning 19 — 20-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan XXRga kelgan edi. Bu uning Xitoyga oxirgi 3 oydagi 3-safari hisoblanadi. XXR raisi bilan uchrashuv davomida 12-iyunda o‘tgan AQSh va KXDR rahbarlari sammiti yakunlari haqida fikr almashilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring