Kim Chen In Shimoliy Koreyani ayanchli ocharchilik kutayotganini oshkor qildi
KXDR yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining plenumida nutq so‘zlar ekan, mamlakatga ayanchli ocharchilik xavf solayotgani haqida e’lon qildi. Bu haqda «Nodon Sinmun» gazetasiga asoslanib, Yaponiyaning NHK telekanali efirida xabar berilgan.
«O‘tgan yilgi tayfun oqibatlari tufayli g‘alla yetishtirish rejasi bajarilmadi va shu sababli, hozirgi paytda aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashda keskin muammolar mavjud», - deyiladi Shimoliy Koreya rahbari tilidan.
Kim Chen Inga ko‘ra, koronavirus tufayli KXDRda joriy qilingan karantin choralarining uzaytirilishi «aholini kiyim-kechak, oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash uchun kurashning cho‘zilishiga olib keldi».
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan asrning 90-yillaridagi iqtisoiy inqiroz ham mamlakatda qattiq ocharchilikka sabab bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter