Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kiyevdagi namoyishchilar Zelenskiyga Yanukovichning taqdiri haqida eslatib qo‘yishdi

Kiyevdagi namoyishchilar Zelenskiyga Yanukovichning taqdiri haqida eslatib qo‘yishdi

Foto: President.gov.ua

Parijdagi «Norman formatida»gi muzokaralarda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy «qizil chiziq»dan o‘tmasligi kerak, aks holda  sobiq davlat rahbari Viktor Yanukovichning taqdiri uning boshiga tushadi. Bu haqda 8-dekabr kuni Kiyevda bo‘lib o‘tgan muxolifat namoyishida Ukrainaning «Beshinchi kanal» boshlovchisi Vitaliy Gaidukevich ma’lum qilgan.

«Parijda ahmoq emasligingni isbotla. Aks holda, sening parvozingiz Parij – Kiyev emas, Parij – Rostov bo‘ladi. Bu ertaga bo‘lmasa, biroz keyinroq bo‘ladi», dedi u Fransiya poytaxtida bo‘lishi kutilayotgan muzokaralar haqida gapirib.

REGNUM axborot agentligi xabar berishicha, bugun, 8-dekabr kuni Kiyevda muxolifat mitingi bo‘lib o‘tmoqda.

Namoyishchilar, xususan, Zelenskiyni Parijdagi muzokaralarda Qrim va mamlakatning «Yevropa kursi» bo‘yicha murosaga rozi bo‘lmaslikka chaqirmoqdalar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring