Kiyevda o‘qigan: Rossiya armiyasining g‘arbiy harbiy okrugiga yangi qo‘mondon tayinlandi
Rossiya armiyasining g‘arbiy harbiy okrugi qo‘mondoni, general-polkovnik Aleksandr Juravlyov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi.
G‘arbiy harbiy okrugga general-leytenant Roman Berdnikov yangi qo‘mondon etib tayinlandi. Berdnikov o‘z vaqtida Rossiyaning Suriyadagi qo‘shinini boshqargan.
OAV Juravlyovning ishdan olinishiga uning frontdagi muvaffaqiyatsizligi sabab bo‘lganini taxmin qilyapti. Uning qo‘l ostidagi rus qo‘shini Ukrainaning Xarkov viloyatidagi janglarda qatnashgan.
Roman Berdnikov — oltoylik. 1991-yili Kiyevdagi Suvorov harbiy bilim yurtini, 1995-yili Moskva oliy umumqo‘shin qo‘mondonligi bilim yurtini tamomlagan. Motoo‘qchilar qo‘shinlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter