Kiyev va Xarkovga raketa zarbalari berilgani xabar qilindi
Bugun, 24 fevral kuni erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma ob’yektlariga raketa hujumlari uyushtirildi. Bu haqda Ukraina Ichki ishlar vaziri maslahatchisi Anton Gerashchenko ma’lum qildi.
«Hozirgina Kiyev, Xarkov, Dneprdagi harbiy boshqaruv markazlari, aerodromlar, harbiy omborlarga raketa zarbalari berildi. Chegara artilleriyadan o‘qqa tutilmoqda. Bugundan boshlab dunyoda yangi geosiyosiy voqelik vujudga keldi. Yo Ukraina va dunyo yangi Gitlerni hozir to‘xtatadi yoki Uchinchi jahon urushi bo‘ladi», deb yozadi u feysbukdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, 24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda maxsus operatsiya o‘tkazilishini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter