Kelajakda insoniyat yo‘qotishi kutilayotgan top-10 xazina (foto)
Insoniyatning tabiatga qo‘pol munsabati va ekologik muammolar sababli jahonning 10 tabiiy xazinasi Yer yuzidan yo‘qolishi mumkin. DW nashri ularning ro‘yxatini e’lon qildi.
Amazonka tropik o‘rmonlari
Amazonka o‘rmonlari dunyodagi eng katta yashil hudud hisoblanadi. Ushbu o‘rmon dunyo bo‘yicha taxminan 20 foiz kislorodni ishlab chiqaradi. O‘rmonda yer yuzidagi o‘simliklarning eng ko‘p tarqalgan xilma-xilligi mavjud bo‘lib, ushbu o‘simliklar «sayyoramiz o‘pkasi» bo‘lishi bilan bir qatorda ulkan tabiiy dorixona ham hisoblanadi. O‘rmonlarni yoqish va kesish orqali fermerlar qishloq xo‘jaligi uchun yer ochadilar va ekotizimni buzadilar. Bu yerdagi yog‘ingarchilik miqdori allaqachon to‘rt barobarga kamaygan. O‘rmonlarning aksariyati savannaga aylanish xavfi ostida turibdi.
Katta to‘siqli rif
Bu tirik organizmlar tomonidan yaratilgan dunyodagi eng katta tabiiy ob’yekt bo‘lib, Avstraliya qirg‘og‘ida 400 turdagi marjon, 500 turdagi baliq va 4000 xil qisqichbaqalar mavjud. 1,5 daraja global isish bilan u 2100 yilga kelib, butunlay yo‘qolib ketishi mumkin. Haroratning ko‘tarilishi poliplarda yashovchi suv o‘tlarining o‘limiga olib keladi. Ularsiz marjonlar o‘sishni to‘xtatadi va o‘z rangini yo‘qotadi. Marjonlarning yarmi allaqachon g‘oyib bo‘lgan.
Galapagos orollaridagi «jannat»
Janubiy Amerika sohilidan 1000 km g‘arbda joylashgan Galapagos orollari YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. U ulkan toshbaqalar, pingvinlar va Galapagos dengiz iguanalarini o‘z ichiga olgan noyob flora va faunaga ega. Ammo sayyohlar oqimlari, dengizdagi plastik chiqindilar, hayvon va o‘simliklarning invaziv turlari, ortiqcha baliq ovi va 2019-yilda sodir bo‘lgan neft falokati Galapagos orollaridagi tabiiy muhitga tahdid solmoqda.
Himalayda muzliklarning erishi
1980-yilda Janubiy Tiroliya fuqarosi Reynxold Messner (Reinhold Messner) qo‘shimcha kislorodsiz Everestga birinchi yakka ko‘tarilishni amalga oshirdi. Hozir dunyodagi eng baland tog‘ tizmasi to‘liq tijoratlashtirilgan. Sayyohlar Tog‘ tizmasiga 10 ming martadan ko‘proq ko‘tarilgan, tog‘ yonbag‘irlarida ko‘plab chiqindilarni qoldirganlar. Bugungi kunda global isish xavfi Himoloydagi muzliklarga tahdid solmoqda.
Joshua daraxti bo‘lmagan Joshua-Tri daraxt bog‘i
Qo‘shma Shtatlarda joylashgan shu nomdagi milliy bog‘dagi Joshua daraxtlari harorat yo‘qori darajada ko‘tarilishi sababidan 2100 yilga borib yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Cho‘l o‘simligi hozirda boshqa bir ko‘rinishda yashab kelmoqda. Ammo tobora kuchayib borayotgan qurg‘oqchilik ko‘chatlarga zarar yetkazmoqda, salqin joylarda bu daraxtning gullarini changlatadigan yukka kuya borgan sari kamayib bormoqda. Endi Joshua-Trida ko‘proq o‘tlar o‘sayotgani faqatgina yong‘in xavfini oshiradi xolos.
Qorsiz Kilimanjaro cho‘qqisi
Kilimanjaro massividagi Kibo vulqoni Afrikadagi eng baland tog‘ va Tanzaniyaning ramzi hisoblanadi. 5895 metr balandlikda cho‘qqisi muz bilan qoplangan. 1912 yildan 2009 yilgacha Kibo muzlik maydonining taxminan 85 foizini yo‘qotgan. Tadqiqotchilar muzlikning erishi global isish bilan bog‘liq deb taxmin qilishmoqda.
Machu-Pikchuda ko‘p sayr qilish
Peru And tog‘idagi xaroba Machu Pikchu shahri Janubiy Amerikadagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri xisoblanadi. Har yili 1,5 milliondan ziyod sayyohlarning tashrif buyurishi (koronavirus yilini hisobga olmaganda) ushbu qadimiy va ekologik jihatdan nozik joyni xavf ostiga qo‘yadi. Odamlar ko‘p yurishi eski binolarni beqaror qiladi degan fikrda YuNESKO sayyohlar sonini kamaytirishni tavsiya qilgan.
Maldiv orollarining suv ostida qolishi
Ko‘pchilik Maldiv orollariga intilishadi, hind okeanidagi ushbu atollar guruhi hali ham mavjud. Boshqa biron bir transport vositasi iqlimga samolyotlar kabi salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Kata miqdordagi CO2 chiqindilari Yer yuzini isitmoqda. Natijada dengiz sathi allaqachon yiliga 3,7 millimetrga ko‘tarilmoqda. Maldiv orollarining o‘rtacha balandligi dengiz sathidan 1,5 metr balandlikda. Ular uchun har bir millimetr allaqachon juda katta xavf bo‘lib ulgurgan.
Nikaragua ko‘li muammosi
Kelajakda bu yerda eshkak eshish kemalari o‘rniga ko‘p tonnalik konteyner kemalari suzib o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Bahsli Nikaragua kanali Tinch va Atlantika okeanlarining suvlarini birlashtirishi kerak. Uning yo‘li Lotin Amerikasidagi eng yirik chuchuk suv ko‘llari - Nikaragua ko‘li orqali o‘tadi. O‘n minglab odamlarni ko‘chirish rejalashtirilgan. Ekologlar ko‘lning ekotizimi va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash oqibatlaridan qo‘rqishadi.
O‘lik dengiz yo‘q bo‘lib ketmoqda
O‘lik dengiz yer yuzidagi eng chuqur nuqtasi bo‘lib, dengiz sathidan 420 metr pastda joylashgan. Uning dorivor xususiyatlari insonlarga ming yillar davomida ma’lum.Ammo dengiz asta-sekin quriydi. Iordaniyadan ichimlik suvi quduqlarini qazilishi O‘lik dengizdagi suv hajmining 80 foizga kamaytiradi. Bu shimoliy qismida yer osti suvlari darajasining yiliga 1 metrga pasayishiga olib keladi. faqatgina Qizil dengizdan O‘lik dengizgacha bo‘lgan kanal qazish suv sathini saqlab qolishda yordam berishi mumkin. Ammo bu anchagina mulohazali masala ekani barchaga ma’lum.
Nuriddin Ziyo To‘raqulov tayyorladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter