KDRda samolyot halokati qurbonlari soni 29 kishiga yetdi
Kongo Demokratik Respublikasining sharqida Goma shahri kvartalida «Busy Bee» aviakompaniyasiga qarashli kichik bir samolyot halokatga uchradi. Uning oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi, yana 16 kishi turli darajada jarohat oldi, deya xabar berdi «Actualite» portali.
Avval ma’lum qilinishicha, «Dornier-228» samolyoti parvozdan uch daqiqa o‘tib halokatga uchragan. Dastlab 6 kishining hayotdan ko‘z yumgani xabar berilgandi, biroq keyinchalik halokat sodir bo‘lgan joyda yana 23 kishining murdasi topilgan.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, qutqaruvchilar samolyot parchalari ostidan 29 kishining murdasi chiqarib olingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ulardan yetti nafari bir oila a’zolari hisoblanishadi. Jarohat olganlarning hammasi shifoxonaga yetkazilgan.
Kongoga qarashli «Busy Bee» kompaniyasi doimiy va charter reyslarini tashkillashtiradi, shuningdek, KDR sharqida tibbiy reyslarni amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter