Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaxa Kaladze kasalxonaga tushdi

Kaxa Kaladze kasalxonaga tushdi

Foto: «Facebook»

Gruziya poytaxti — Tbilisi shahrining meri Kaxa Kaladze kasalxonaga tushdi. Bu haqda uning «Facebook» sahifasida ma’lum qilindi.

Aytilishicha, unda vertebro-bazilyar sindromi qayd etilgan — miyasining qon bilan ta’minlanishi buzilgan.

Kaladzening yozishicha, shifokorlar unga vestibulopatiya tashxisini ham qo‘yishgan — vestibulyar apparat faoliyatining buzilishi.

Kaladze masofadan ishlashda davom etayotganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun: Kaxa Kaladze Tbilisi meri sifatida 2017-yildan beri ishlamoqda. Ilgari futbolchi bo‘lgan. «Jenoa», «Milan», «Dinamo» (Kiyev) va «Dinamo» (Tbilisi) klublarida, Gruziya terma jamoasida to‘p surgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring