Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Katta Bushning singlisi koronavirusdan vafot etdi

Katta Bushning singlisi koronavirusdan vafot etdi

Foto: Marcy Nighswander/Associated Press

AQShning 41-prezidenti Jorj Bush (Katta)ning singlisi Nensi Ellis Bush koronavirusga chalinish oqibatida vafot etdi. Bu haqda «The New York Times» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Massachusetsdagi qariyalar uyida yashab kelgan 95 yoshli Nensi Ellis Bush yakshanba kuni olamdan o‘tgan.

Uni 30-dekabr kuni shifoxonaga yotqizishgandi. O‘g‘lining aytishicha, onasining ahvoli kundan-kunga yomonlashib borgan.

Nensi Ellis Bush 1926-yilning 4-fevral kuni tug‘ilgan, to‘rt aka-ukasi bo‘lgan. O‘zining ham farzandlari to‘rt nafar edi.

Ma’lumot uchun: Katta Jorj Bush 2018-yilning 30-noyabr kuni 94 yoshida olamdan o‘tgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring