Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jorj Bush Iroq va Ukrainani chalkashtirib yubordi

Jorj Bush Iroq va Ukrainani chalkashtirib yubordi

AQSh sobiq prezidenti kichik Jorj Bush Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoraladi va nutqida Ukraina va Iroqni chalkashtirib yubordi.

«Saylovlar qalbakilashtirilgan. Siyosiy raqiblar qamoqqa tashlanadi yoki ovoz berishlari man etiladi», - degan Bush Rossiyadagi vaziyat haqida.

U siyosiy avtoritarizm Rossiyaning Kiyevga qarshi urushi boshlanishiga sabab bo‘lganini aytgan, biroq tasodifan «Ukraina» o‘rniga «Iroq» so‘zini ishlatgan.

«Natijada, Rossiyada nazorat va muvozanat tizimi mavjud emas. Va bir kishining Iroqqa mutlaqo asossiz va shafqatsiz bosqinni boshlash haqidagi qarori .... Men Ukrainani nazarda tutyapman», deya darrov so‘zini tuzatgan AQSh sobiq prezidenti. 

Eslatib o‘tamiz, 2000-2008-yillarda AQShni boshqargan Jorj Bush 2003-yilda AQSh qo‘shinlarining Iroqqa kirishi va Saddam Xusayn rejimini qulashi tashabbuskori bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring