Karachida yuzlab odamlar zaharlanishdi. Qurbonlar soni 6 kishiga yetdi
Pokistonning Karachi portida noma’lum zaharli gaz tarqalgandan so‘ng nafas olish bilan bog‘liq muammolar tufayli 100 kishi shifoxonaga tushdi, 6 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb yozadi «Daily» gazetasi.
Politsiyaning gumon qilishicha, Keamari prichalida langar tashlagan yuk kemasidan kimyoviy moddalarni tushirish vaqtida gaz sirqib chiqqan.
«Dastlabki tergov natijalariga ko‘ra, port yonida joylashgan bozordagi odamlar konteynerni ochgan zahoti undan tutun chiqa boshlagan. Odamlarning nafas olishi qiyinlashib, hushidan ketgan», — deya ma’lum qildi politsiya bosh inspektori o‘rinbosari Sharijil Kxaral.
O‘z navbatida «Karachi Port Trust» kompaniyasi vakili gaz portda turgan kemalardan birida sirqib chiqqanini inkor etmoqda.
Kemadan gaz sirqib chiqqanligi to‘g‘risidagi xabarni Pokiston dengiz ishlari bo‘yicha federal vaziri Ali Haydar Zaidi ham rad etgan.
«Agar kemadan zaharli gaz sizib chiqqanda dok yoki ekipaj a’zolari orasida ham qurbonlar bo‘lardi, lekin bunday bo‘lmadi», — deb yozadi Zaidi «Twitter»da.
Vazirning ta’kidlashicha, hozir tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter