Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kapitoliy hujumdan qo‘rqmay qo‘ydi: devorlar buzib tashlandi

Kapitoliy hujumdan qo‘rqmay qo‘ydi: devorlar buzib tashlandi

Foto: «Newsae.ru»

6-yanvar kuni sobiq prezident Donald Trampning tarafdorlari tomonidan bostirib kirilganidan keyin Kapitoliy atrofida o‘rnatilgan metall to‘siqlar buzib tashlandi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Ikki metr balandlikdagi qurilma 9-iyul, juma kuni olib tashlana boshlangan. Ishchilar to‘siqlarning qismlarini bog‘laydigan simlarni kesib tashlashgan. Shundan so‘ng bir kun o‘tgach to‘siqning barcha qismlari olib ketilgan. Endi odamlar bemalol binoga yaqinlashishi mumkin.

Parlament sud ijrochisi bayonotida ta’kidlanganidek, mavjud tahdidlarni baholash xavfsizlik choralarini susaytirdi, hujumdan qo‘rqishga hojat yo‘q. Shu bilan birga, sharoit taqozo etsa, panjaralar tezda qayta o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Shunga qaramay, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli binoga kirish cheklanganligicha qolmoqda.

Tramp tarafdorlari Kongress a’zolari Respublikachilar partiyasining raqibi Jo Bayden g‘olib chiqqan saylov natijalarini ma’qullashi kerak bo‘lgan paytda Kapitoliyga bostirib kirishdi. To‘satdan qilingan hujum tufayli yig‘ilishni to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. To‘qnashuvlarda besh kishi, shu jumladan, hujum ishtirokchisi va huquq-tartibot xodimi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring