Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Kapalak effekti». Ukrainadagi voqealar Dominikan Respublikasini iqtisodiy inqirozga tayyorgarlik ko‘rishga undadi

«Kapalak effekti». Ukrainadagi voqealar Dominikan Respublikasini iqtisodiy inqirozga tayyorgarlik ko‘rishga undadi

Foto: «Rossaprimavera»

Dominikan Respublikasi Ukrainadagi urush keltirib chiqaradigan iqtisodiy inqirozga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi. Bu haqda mamlakat prezidenti Luis Abinaderning bayonotiga asoslanib «El Dia» xabar berdi.

«Biz dunyodagi vaziyatga tubdan ta’sir qilib, yangi iqtisodiy inqirozni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan o‘zgacha inqirozli vaziyat bilan to‘qnashyapmiz», — ta’kidladi siyosatchi.

Abinaderning aytishicha, koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan iqtisodiy qiyinchiliklar global inflyasiyaga sabab bo‘lgandi. Endi yangi global inqiroz pishib yetilmoqda.

Prezident taxminicha, global inqiroz xom ashyo hamda bug‘doy, soya va jo‘xori kabi asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bozorlarini qamrab oladi. Abinader inqiroz oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan maxsus choralarni 27-fevral kuni e’lon qilishini aytdi.

Dominikan Respublikasi iqtisodchilarining hisob-kitoblariga qaraganda, neftning har barreli uchun to‘lanadigan qo‘shimcha dollar mamlakatning xarajatlarini 75 million dollarga oshiradi. Ukraina inqirozi tufayli bir barrel neftning narxi hozirdanoq 100 dollardan oshgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring