Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadaliklar uylarini ommaviy ravishda tark etishmoqda

Kanadaliklar uylarini ommaviy ravishda tark etishmoqda

Kanada shimolida davom etayotgan 200 dan ortiq o‘rmon yong‘inlari sababli ommaviy evakuatsiya davom etmoqda.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, Kanadaning Shimoli-G‘arbiy hududidagi poytaxt shahar – Yellounayf xavf ostida qolgan. Bu yerda favqulodda holat e’lon qilingan. 20 ming kishi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘ldi, chunki yong‘in ular tomonga kelmoqda.

«O‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyat yana yomon tomonga burildi. Yellounayf g‘arbida yonayotgan yong‘in endi shahar va uning aholisi uchun haqiqiy xavf tug‘dirmoqda», – deb yozadi nashr.

Shaxsiy avtomobillari bo‘lganlarga shahardan chiqib ketishni boshlash buyurilgan, qolganlarga avtobus yoki samolyotda ketish imkoniyati beriladi.

Rasmiylar vaziyat yanada yomonlashishidan xavotirda, chunki yaqin kunlarda jazirama kuchayishi kutilmoqda. O‘rmonning maydoni 163 ming gektarni tashkil qiladi.

Kanada hozirda tarixdagi eng yomon yong‘inlar mavsumini boshdan kechirmoqda. Uning tutuni AQShgacha yetib bordi, u yerda ham odamlar havoning yomonlashuvidan aziyat chekmoqda. Tutun Minnesota tomon harakatlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring