Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kanadada mariuxana sotish va iste’mol qilish qonuniylashtirildi

Kanadada mariuxana sotish va iste’mol qilish qonuniylashtirildi

Foto:«RIA Novosti»

Kanada senati mariuxana sotish va  iste’mol qilishni qonuniylashtirdi. Mazkur qonunni qabul qilish chog‘ida 52 senator uni qo‘lladi,  29 senator esa qarshi ovoz berdi.  Bu haqda «Associated Press»ga  asoslanib, «Lenta.ru» xabar berdi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, voyaga yetgan har bir fuqaro 30 grammgacha narkotik sotib olishi mumkin. Ammo mariuxana alkogol mahsulotlari va tamaki sotiladigan joylarda sotilishi taqiqlanadi.

Qonun ikki oydan keyin kuchga kiradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring