Kanadada ham qullar bor. 43 nafar meksikalik ozod etildi
Kanadaning Ontario provinsiyasi politsiyasi 11-fevral kuni tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, ushbu mamlakatda deyarli qullar kabi ekspluatatsiya qilib kelingan Meksika fuqarolari ozod etildi. Xabar manbasi — «CTV News» telekanali.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, bu meksikaliklar Kanadaga kelish uchun ushbu mamlakatga o‘qishga yoki rasman ishga joylashishga ko‘maklashuvchi odamlarga katta pul berishgan.
Shuncha xarajat va zahmat bilan Ontarioga kelgach esa meksikaliklar provinsiyaning turli shaharlarida farrosh bo‘lib ishlashga, yomon sharoitda yashab, topgan pulini «ish beruvchilar» bilan bo‘lishishga majbur etilgan. Ularni har tong ishlashga olib ketishgan, yo‘lkira va turarjoy uchun pul talab qilishgan.
Jurnalistlar uchun brifingda Ontario politsiya mahkamasi boshlig‘ining o‘rinbosari Rik Barnum huquqni muhofaza qiluvchi organlar ilk marotaba bunday keng ko‘lamli operatsiyani amalga oshirganini ta’kidladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter