Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kambodja shahzodasi yo‘l-transport hodisasida yaralandi

Kambodja shahzodasi yo‘l-transport hodisasida yaralandi

Kambodja shahzodasi Norodom Ranariddh va turmush o‘rtog‘i Ouk Phalla yo‘l-transport hodisasiga uchrab, yaralandi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Sihanoukville shahri ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Chuon Narinning ma’lum qilishicha, shahzoda Norodom Ranariddh ketayotgan mashinaga taksi kelib urilgan. Voqea oqibatida 5 kishi yaralangan. Shahzoda va turmush o‘rtog‘i shifoxonaga yotqizilgan. Ularning ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda.

«Funcinpec» partiyasi yetakchisi bo‘lgan shahzoda Norodom Ranariddh va uning turmush o‘rtog‘i bugun kun davomida vertolyot bilan poytaxt Pnompen shahriga olib ketiladi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring