«Kalmar o‘yini» serialining 79 yoshli aktyoriga qamoq jazosi tayinlandi
«Kalmar o‘yini» filmida O Il Nam rolini ijro etgan janubiy koreyalik aktyor O Yon Su bundan 7 yil muqaddam bir ayolga nisbatan tegajog‘lik qilganlikda aybdor deb topildi.
Sud O Yon Suni sakkiz oylik qamoq jazosini tayinladi, shuningdek, jinsiy axloqdan 40 soatlik majburiy davolashga hukm qildi, deb xabar berdi Yonxap.
79 yoshli aktyorga 2022 yilning noyabrida ayb qo‘yilgandi. Jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, aktyor 2017 yilda ikki oylik gastrol safari paytida uni quchoqlab, uning irodasiga qarshi yuzidan o‘pgan.
Mahkumning o‘zi aybini tan olmagan. Biroq, sud ayblovchining dalillarini ishonchli, jabrlanuvchining ko‘rsatmalarini izchil va «o‘ylab topilmagan» deb topdi.
Sud zalidan chiqib ketarkan, aktyor jurnalistlarga hukm ustidan shikoyat qilishni bildirgan.
O Yon Su «Kalmar o‘yini» filmidagi roli uchun 2022 yili «Oltin globus»ni qo‘lga kiritgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter