Kaliforniyada erkak 5 kishini otib tashladi va o‘z joniga qasd qildi
AQShning Kaliforniya shtati Beykersfild shahrida bir kimsa 5 kishini otib tashladi. So‘ngra o‘z joniga qasd qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Dastlab jinoyatchi va uning xotini avtotransport kompaniyasiga kelgan. Bu yerda bir kishi bilan nizo chiqqan. Erkak avval nizo chiqargan odamni, keyin o‘z xotinini otib tashlagan.
Keyinroq u yerga yana bir kishi kirgan. Erkak uning ortidan kuzatib borgan va uni ham otib tashlagan. So‘ng mashinasiga o‘tirib, boshqa joyda yana ikki kishini o‘ldirgan.
U bir mashinani ham qo‘lga olgan, undagi ayol bolasi bilan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Jinoyatchi birozdan so‘ng mashinasining oldiga kelgan va o‘z joniga qasd qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter