Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaliforniya uch qismga bo‘linib ketishi mumkin

Kaliforniya uch qismga bo‘linib ketishi mumkin

Foto:«California Beaches»

AQShning Kaliforniya shtatini uchga bo‘lish taklifini referendumga olib chiqish uchun zarur imzo yig‘ildi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.

Referendum shu yil 6-noyabr kuni Kaliforniya shtatida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Referendum uchun 4,2 millionta imzo to‘plandi. Referendumda aholi Kaliforniya shtatini uchga, ya’ni Kaliforniya, Shimoliy Kaliforniya hamda Janubiy Kaliforniya shtatlariga bo‘lish uchun ovoz beradi.

Referendumda Kaliforniyani uchga bo‘lish ma’qullansa-da, baribir bu haqdagi qonun loyihasi AQSh Kongresida tasdiqlanishi kerak.

Agar Kaliforniya shtati uchga bo‘linsa, 1863-yildan beri davom etayotgan an’ana buziladi, ya’ni ilk marta AQShda shtat bo‘lingan bo‘ladi.

1850-yilda rasmiy ravishda AQShga biriktirilgan Kaliforniya shtatini 1859-yili ikkiga bo‘lish taklifi referendumga qo‘yilgan, biroq bu loyihani Amerika Kongresi tasdiqlamagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring