Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kaddafiy Nazarboyevga sovet yadro qurolini saqlab qolish uchun 20 millard dollar taklif etgani ma’lum bo‘ldi

Kaddafiy Nazarboyevga sovet yadro qurolini saqlab qolish uchun 20 millard dollar taklif etgani ma’lum bo‘ldi

Sobiq Ittifoq qulaganidan so‘ng Falastin rahbari Yosir Arofat Liviya rahbari Muammar Qaddafiy nomidan Qozog‘istonga yadro qurolini saqlab qolish va birinchi islomiy yadroviy davlat bo‘lish uchun 20 milliard dollar va’da qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda respublikaning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev ma’lum qildi.

«Biz qudratli arsenalning egalaridan biri bo‘ldik va yirik siyosatchilar menga murojaat qila boshladilar. Jumladan, Margaret Tetcher (1979-1990-yillarda Buyuk Britaniyaning Bosh vaziri. - tahr.), Jeyms Beyker (AQSh davlat kotibi 1989-1992.). Ularning hammasi: raketalar-chi, nima qilasiz deb so‘rashdi»,-deydi Nazarboyev amerikalik rejissyor Oliver Stounga «Qozoq: tilla odamning hikoyasi» intervyusida filmi uchun bergan intervyusida.

Qozog‘istonning amaldagi prezidenti, 1994-1999-yillarda respublikaning tashqi ishlar vaziri bo‘lgan Kassim-Jomart Tokayev bir qator islom davlatlaridan Nazarboyevga «Qozog‘iston yadro quroliga ega bo‘lgan yagona islom davlatiga aylandi» degan mazmunda xat olganini yetkazgan. 

Lekin Nazarboyev Kaddafiy va’da qilgan 20 milliard dollarni olishni istamasligini bildirgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring