Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kabinetida sauna qurdirgan hokimga chora ko‘rildi — Yaponiya

Kabinetida sauna qurdirgan hokimga chora ko‘rildi — Yaponiya

Foto: «Japantimes.co.jp»

Yaponiyaning Ikeda shahri (Osaka prefekturasi) meri Xiroki Tomita o‘z kabinetida sauna qurdirgani uchun iste’foga chiqdi. Bu haqda «Japan Times» xabar bermoqda.

44 yoshli hokim o‘tgan yiliyoq ma’muriy binoda bug‘ xona jihozlashni buyurgan. Bundan tashqari, u yerga barcha asbob-uskunalari bilan sport zalini ko‘chirib o‘tkazgan. Tanqidlarga javoban Tomita bu «sog‘liqni saqlash» uchun zarurligini ta’kidlagan.

Biroq 26-aprel kuni shahar hokimi matbuot anjumani o‘tkazib, o‘z xatti-harakati uchun «javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga» va lavozimidan ozod etilishiga tayyorligini ma’lum qildi. Ammo u buni shahar keksalarni COVID-19ga qarshi emlash dasturini tugatgandan keyingina amalga oshiradi.

Bir kun o‘tgach shahar kengashi hokim bir oy ichida ishdan ketmasa, ishonchsizlik ovozi berish bilan tahdid qildi.

«Agar ovoz berilsa, biz yangi saylovlarni tashkil qilishimiz va mahalliy aholini xavf ostida qoldirishimizga to‘g‘ri keladi», — deb javob berdi Tomita.

U hokimlik lavozimini 2019-yil aprel oyidan beri egallab kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring