Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jurnalistni chopib, dengizga uloqtirgan daniyalik kashfiyotchi turmadan qochishga urindi

Jurnalistni chopib, dengizga uloqtirgan daniyalik kashfiyotchi turmadan qochishga urindi

Foto: «Expressen.se»

Shvetsiyalik jurnalist Kim Vallni zo‘rlab, chopib tashlagani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan daniyalik ixtirochi Peter Madsen turmadan qochishga urindi. Bu haqda «Sky News» xabar berdi.

U Albertslund shaharchasidagi qamoqxonada jazoni o‘tayotgandi. Qamoqdan qochish paytida Madsen bomba va to‘pponchaga o‘xshash buyum bilan qo‘riqchilarni qo‘rqitgan.

Hozir hududda politsiya operatsiyasi davom etmoqda. Ta’kidlanishicha, avvalroq ixtirochi qochishga urinishda gumon qilingani uchun izolyasiya qilingan.

Kim Vall 2017-yil 10-avgust kuni bedarak ketgan. U Madsenning konstruktorlik faoliyati haqida reportaj tayyorlamoqchi niyatida u bilan birga qo‘lbola «Nautilus» suvosti kemasida dengizga otlangan. Keyingi kuni kema falokat signalini yuborgan. Qutqaruvchilar kemani topishganida unda faqat Madsen bo‘lgan. O‘sha yili oktyabrda Daniya politsiyasi yelim xaltalarga joylangan ayolning boshi bilan oyoqlarini topdi. Shuningdek, og‘ir metall buyumlari ham solib qo‘yilgan bo‘lgan.

Tergov jarayonida Madsen ko‘rsatmalarini bir necha marta o‘zgartirdi va, oxir-oqibat, Vallning murdasini bo‘laklarga ajratib, suvga uloqtirganini tan oldi. Faqat ayolning o‘limini baxtsiz hodisa deb aytdi: is gazidan zaharlanib vafot etganmish. Biroq ekspert-psixiatrlar kashfiyotchini atrofdagilarga xavf tug‘diradigan patologik yolg‘onchi deb topdi. 2020-yil sentyabrda Madsen baribir qilgan ishiga iqror bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring