Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Juda ko‘p millionerlar saylovdan so‘ng AQShdan ketmoqchi — CNBC

Juda ko‘p millionerlar saylovdan so‘ng AQShdan ketmoqchi — CNBC

Foto: TravelAsk

Immigratsiya advokatlari qayd etishlaricha, AQShda prezident saylovi arafasida ikkinchi pasport olish yoki chet elda uzoq vaqt yashash uchun hujjat to‘g‘rilayotgan o‘ziga to‘q amerikaliklar soni ko‘paygan. CNBC yozishicha, boy amerikaliklar siyosiy va ijtimoiy to‘lqinlar yuzaga kelishidan xavotirlanishmoqda.

Henley & Partners kompaniyasining xususiy mijozlar bilan ishlash guruhi rahbari Dominik Volekning ta’kidlashicha, bu yil chet elga ketishni rejalashtirilgan amerikaliklar soni 2023-yildagidan kamida 30 foiz ko‘proq.

Arton Capital o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, amerikalik millionerlarning 53 foizi saylovdan so‘ng, uning natijasidan qat’i nazar, AQShdan ketishi mumkinligini aytgan. So‘rovda qatnashgan 18 dan 29 yoshgacha bo‘lganlarning 64 foizi xorijga investitsiya kiritish evaziga «oltin viza» olishga qiziqmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring