Elektron sigaret portlashidan chekuvchi halok bo‘ldi (video)
AQShda yotog‘ida o‘lik holda topilgan bir kishining qotili «elektron sigaret» ekani aniqlandi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Bu voqea Florida shtatida sodir bo‘ldi. 38 yoshli Telmij D’Elia uyida o‘lik holda topildi. Voqea joyini tintuv qilgan mutaxassislar xonada avval tutun, keyin yong‘in kelib chiqqanini aniqlashdi.
Keyinroq mash’um voqeaga oydinlik kiritildi: sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, elektron sigaret portlagan va uning parchalari D’Elianing boshiga sanchilib qolgan.
Batareya bilan ishlaydigan elektron sigaretning portlashi oqibatida D’Elia vujudining 80 foizi kuygan, boshiga qurilmaning ikkita parchasi sanchilgan.
Bu AQShdagi elektron sigaret bilan bog‘liq birinchi halokatdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter