Jenevadagi park tikanli simlar bilan o‘raldi. U yerda muhim uchrashuv rejalashtirilgan
Jenevadagi Rossiya va AQSh prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tadigan La Granj bog‘i tikanli simlar bilan o‘rab chiqildi. Bu haqda MK.ru xabar bermoqda.
Ma’lumot berilishicha, ushbu joy atrofida allaqachon temir to‘siqlar o‘rnatilganligi aniqlangan. Xavfsizlik zonasi bo‘lgan qo‘shni hudud esa harbiylar tomonidan to‘sib qo‘yilgan.
Bu ikki davlat rahbarlari uchrashuvidan oldin qo‘llanilgan barcha xavfsizlik choralaridan yiroq ekanligi aytib o‘tilgan. Jeneva ma’muriyati kompaniyalarga o‘sha kuni o‘z xodimlarini masofadan ishlashga o‘tkazishni tavsiya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dmitriy Peskov Putin Jenevaga 16-iyun kuni borishi haqida aytib o‘tgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter