Jeenbekov xalqdan kechirim so‘radi
Qirg‘iziston prezidentligidan ketishini e’lon qilgan Sooronbay Jeenbekov prezident sifatida so‘nggi nutqida xalqdan uzr so‘radi.
«Mamlakatimizda 6-oktyabrdan yangi davr boshlandi. Bu haqiqat. Tarix va vaqt ularning bahosini beradi. Bu kunlar har qanday qirg‘iz uchun eng qiyin davr hisoblanadi.
Mamlakatni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish uchun bor kuchimni sarfladim. Bunaqa siyosiy jihatdan og‘ir paytlarda qarorlarni faqat bir marta qabul qilish mumkin. Yana bir ta’kidlayman, barchamiz uchun mamlakat manfaatlarimizdan ustun narsa yo‘q.
Ko‘pchilik «bunday qiyin vaqtda davlat rahbari lavozimidan ketishi kerak emas» dedi. Ammo men jamiyat birligi va yaxlitligi uchun iste’fo berishga qaror qildim» -, degan Jeenbekov.
U shuningdek, hokimiyat tepasiga kelganlardan boshlangan yirik loyihalarni (jumladan Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li) to‘xtatib qo‘ymaslikni so‘radi.
«Albatta, faoliyatimda kamchiliklar ko‘p bo‘ldi. Buning uchun xalqimdan uzr so‘rayman» -, deya nutqini yakunlagan sobiq prezident.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha bosh vazir Sadir Japarov prezident vakolatlari o‘ziga o‘tganini e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter