Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jeenbekov sud majlisiga chaqirildi. U bir kun avval Qirg‘izistonni tark etgandi

Jeenbekov sud majlisiga chaqirildi. U bir kun avval Qirg‘izistonni tark etgandi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Sooranbay Jeenbekov sobiq bosh vazir o‘rinbosari Duyshenbek Zilaliyev ishi bo‘yicha guvoh sifatida sud majlisiga chaqirildi.

Jeenbekov bugun soat 13.00 ga qadar sudga kelishi kerak bo‘lgan. Ammo Jeenbekov 2-fevral kuni  Haj amalini bajarish uchun Istambul orqali Saudiya Arabistoniga uchib ketgan.

Zilaliyev 2018-yilda boyliklarni noqonuniy o‘zlashtirishda gumon qilinib, hibsga olingandi. 2011-yildan 2017- yilgacha turli davlat idoralarida rahbar lavozimlarida ishlagan.

2020-yil oktyabr oyida sud Zilaliyevni to‘qqiz yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz avvalroq, Qirg‘iziston sobiq bosh vaziri Muhammadkaliy Abilgaziyev ham qamoqqa olingani ma’lum bo‘lgandi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring