Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jazoirning mashhur prezidenti vafot etdi

Jazoirning mashhur prezidenti vafot etdi

1999 yildan 2019 yilgacha mamlakatni boshqargan Jazoirning sobiq prezidenti Abdulaziz Buteflika 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jazoir davlat telekanali TV1ga asoslanib «Novaya Gazeta» nashri ma’lum qildi.

«Jazoirning sobiq prezidenti Abdulaziz Buteflika vafot etdi», – deyiladi prezident devoni bayonotida. 

1937 yil 2 martda tug‘ilgan Buteflika Tashqi ishlar vazirligini 14 yil boshqargan. 1999 yilda 74 foiz ovozibilan u mamlakat prezidenti bo‘lgan.  Shundan so‘ng, u yana uch marta davlat rahbari lavozimiga saylangan.

2013 yilda Buteflika insultga uchragach, nogironlar aravachasida yuradigan, qiyinchilik bilan gapiradigan bo‘lib qolgandi.  O‘shandan beri u kamdan-kam omma oldida ko‘rinish bergan.

2019 yil fevral oyida prezident yana saylovlarda qatnashish uchun hujjatlarni topshirdi, shundan so‘ng Jazoirda ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Mart oyida prezident Buteflika beshinchi marta prezidentlik saylovlarida qatnashmasligini e’lon qildi.

Biroq, namoyishlar davom etdi, bu keskin ichki siyosiy inqirozga olib keldi. Aprel oyida Buteflika muddatidan oldin iste’foga chiqdi.

Hozirda Abdulmajid Tebbun Jazoir prezidenti lavozimini egallab kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring