Jazoirdagi norozilik namoyishida 63 kishi jarohatlandi
Jazoirda bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlari chog‘i 63 kishi jarohatlandi, 43 namoyishchi hibsga olindi. Bu haqda «Tsa-Algerie» xabar bermoqda.
Jarohatlanganlarning 56 nafari politsiyachilar, yetti nafari esa namoyishga chiqqan odamlar.
Namoyishga Abdulaziz Buteflika o‘z nomzodini beshinchi marotaba prezidentlik saylovlariga qo‘yishi sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid: Buteflika beshinchi marta prezident bo‘lmoqchi
Ma’lumotlarga ko‘ra, Jazoir bo‘ylab ko‘chalarga 800 ming nafardan ziyod inson namoyishga chiqqan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter