Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JARda masjidga qatnovchilarga hujum uyushtirildi

JARda masjidga qatnovchilarga hujum uyushtirildi

JAR davlatida masjidga qatnovchilarga uyushtirilgan hujum oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan, hujum qilgan shaxs esa politsiya tomonidan yo‘q qilingan. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Malmsberidagi masjidga hujum natijasida 3 kishi halok bo‘ldi. Hozir tekshiruvchilar voqea joyidan dalillarni izlash bilan band. Ikki nafar namozxon pichoqdan olingan jarohat tufayli halok bo‘ldi. Hujum qilgan shaxs esa politsiya tomonidan yo‘q qilindi», — deya yozmoqda politsiya «Tvitter»ida.

Janubiy Afrikaning «News 24» yangiliklar portali hujum oqibatida bir necha kishi jarohatlanganini xabar qildi.

Guvohlarning aytishicha, hujumni 30 yoshlar atrofidagi chet ellik fuqaro sodir etgan. Ta’kidlanishicha, hujumgacha u shubhali ko‘rinmagan.

«Bu yigit shoshmasdan harakat qildi, u xotirjam edi, yugurib qochmadi ham, shunchaki yurib ketdi. Uning qo‘lida katta pichoq bor edi», — deya ma’lum qilgan masjidga kelganlardan biri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring