Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyaning demografik ko‘rsatkichi Titanik bilan solishtirildi

Janubiy Koreyaning demografik ko‘rsatkichi Titanik bilan solishtirildi

Janubiy Koreyaning moliya vaziri bo‘lishga nomzod Choy Sang-mok mamlakatdagi demografik holatni Titanik bilan taqqoslab, aholining keksayib borayotganini bartaraf etish uchun zudlik bilan chora ko‘rishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Bloomberg agentligi.

Siyosatchi mavjud demografik muammoni qaysi yo‘l bilan hal qilmoqchi ekanligiga aniqlik kiritmagan. Biroq, uning ta’kidlashicha, tug‘ilish va aholining keksayib borayotganini to‘g‘ri o‘zanga solish uchun kamida 30 yil kerak bo‘ladi. Shuning uchun Choy sabr-toqat va demografik siyosatdagi o‘zgarishlarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgan.

Agentlik materialida, shuningdek, Janubiy Koreyadagi demografik vaziyat, dunyoning boshqa davlatlari bilan solishtirilgan. Mamlakatda bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishning kutilayotgan soni atigi 0,77 promilleni tashkil etadi, bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biridir. Misol uchun, xuddi Koreya singari demografik muammolarga og‘ushidagi Yaponiyada ham bir ayolga 1,33 tug‘ilish to‘g‘ri keladi.

Avvalroq Janubiy Koreya yoshni hisoblashning an’anaviy usulidan voz kechib, rasman xalqaro tizimga o‘tishi ma’lum bo‘lgan edi. Qonun qabul qilinishidan oldin, mamlakatda yosh koreys an’analari yoki Sharqiy Osiyoda yoshni hisoblash tizimi deb ataladigan tizim yordamida hisoblangan. Unga ko‘ra, tug‘ilgan chog‘ida bola allaqachon bir yoshda deb hisoblangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring