Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyadagi AESda yong‘in sodir bo‘ldi

Janubiy Koreyadagi AESda yong‘in sodir bo‘ldi

Foto: «Report.az»

Ulsan (Janubiy Koreya)dagi «Shin-Kori» atom elektr stansiyasi turbinalaridan biri yong‘in sababli to‘xtatildi. Bu haqda «Renxap» agentligi Koreya Respublikasi yadroviy va moddiy xavfsizligi komissiyasi (NSSC)ga asoslanib xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in bugun ertalab «Shin-Kori» AES to‘rtinchi reaktorida ro‘y bergan. Yong‘in bir soatdan so‘ng o‘chirilgan.

NSSC yong‘inning tafsilotlarini aniqlash uchun o‘z tergovchilarini AESga jo‘natishini ma’lum qildi. Jabrlanganlar yoki nurlanish tarqagani haqida xabarlar yo‘q, AES atrofidagi radioaktiv fon belgilangan me’yordan oshmagan.

Yong‘in kuzatilgan 1,4 million kilovvat kuchga ega ushbu reaktordan 2019-yildan tijoriy foydalanish boshlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring