Janubiy Koreyada muxolifat vakili prezidentlikka saylandi
9-mart kuni Janubiy Koreya Respublikasi prezidentligi uchun saylovlar bo‘lib o‘tdi.
Saylovlarda asosiy yetakchilik uchun kurash hukmron «Liberal-demokratik» partiyasi nomzodi Li Je Myon hamda muxolif «Xalq kuchi» partiyasidan Yun Sok Yol o‘rtasida kechdi.
Dastlabki natijalarga ko‘ra Yun Sok Yol 48,5 ovoz to‘plagan bo‘lsa, uning asosiy raqibi 47,8 ovoz olgan.
Shunday qilib Yun Sok Yol Janubiy Koreyaning yangi rahbariga aylanadi.
Mamlakat qonunlariga ko‘ra, bir kishi bir martadan ortiq prezidentlikka saylanishi mumkin emas. Amaldagi prezident Mu Chje In 2017-yil 10-may kunidan beri davlatni boshqarib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter