Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada it go‘shti iste’moli taqiqlanishi mumkin

Janubiy Koreyada it go‘shti iste’moli taqiqlanishi mumkin

Janubiy Koreya hukumati va mamlakatdagi hukmron partiya yil oxirigacha it go‘shtini iste’mol qilishni to‘xtatishga qaratilgan maxsus qonun loyihasini birgalikda qabul qilishga kelishib oldi, deb xabar bergan Reuters.

«Yil oxirigacha it yeyishni to‘xtatish to‘g‘risida maxsus qonun qabul qilinishiga ko‘maklashamiz. Maxsus qonun e’lon qilingan kundan boshlab oziq-ovqat uchun it boqish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari hamda go‘sht so‘yish, sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar mahalliy hokimliklar ro‘yxatidan o‘tishi va faoliyatini to‘xtatish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini taqdim etishi shart», – deya «Fuqarolik kuchi» partiyasi siyosiy qo‘mitasi raisi Yu I Dondan iqtibos keltirgan Reuters.

Unga ko‘ra, kompaniyalarga o‘z faoliyatini to‘liq to‘xtatish uchun 3 yil muddat beriladi, 2027 yildan esa uni buzganliklari uchun jarima to‘lashni boshlaydi. Bundan tashqari, rasmiylar to‘liq taqiq kuchga kirishini kutmasdan, amaldagi qoidalarga muvofiq it go‘shtini xarid qilish va tarqatish bilan shug‘ullanadigan korxonalarni tekshirishni boshlaydi.

Janubiy Koreya hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda 1150 dan ortiq it fermasi, 34 ta so‘yish kompaniyasi, 219 ta savdo kompaniyasi va menyusida it go‘shti bo‘lgan 1600 dan ortiq restoran mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring