Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi

Janubiy Koreyada harbiy holat e’lon qilindi

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etilganini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

U mamlakat muxolifatini Shimoliy Koreyaga hayrixohlik va hukumat ishini falaj qilishda aybladi, deb yozadi AFP.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, harbiy holat yordamida u erkin va demokratik mamlakat omillarini tiklash niyatida.

Avvalroq Yun Sok Yol hukumat bilan favqulodda yig‘ilish chog‘ida o‘ziga qarshi impichment jarayonini o‘tkazishga urinishlar haqida ma’lum qilgandi. Eslatib o‘tamiz, Rossiyaga KXDR askarlarini jo‘natish fonida Koreya yarimorolida ham vaziyat keskinlashmoqda.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi barcha turdagi qo‘shinlar qo‘mondonlariga jangovar shaylikni oshirishni buyurgan. Departament, shuningdek, «asosiy qo‘mondonlarni» yig‘ishga qaror qildi, deb xabar beradi Yonhap agentligi.

Janubiy Koreya prezidentiga muxolifatda bo‘lgan va parlamentdagi ko‘pchilikni nazorat qiluvchi Demokratik partiya deputatlarning favqulodda yig‘ilishini chaqirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring