Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya razvedka xizmati rahbari iste’fo berdi, uning o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatildi

Janubiy Koreya razvedka xizmati rahbari iste’fo berdi, uning o‘rinbosarlari ishdan bo‘shatildi

Foto: Korea Times/AFP

Milliy razvedka xizmati rahbari Kim Kyo Xyonning iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Yonhap axborot agentligi bu qarorni kutilmagan deb atagan.

«Reuters»ga ko‘ra, Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol mamlakat milliy xavfsizlik xizmati yetakchisining iste’fosini qabul qilgan. Bundan tashqari, razvedka xizmati rahbarining ikki o‘rinbosari ham ishdan bo‘shatilgan.

«Hokimiyat almashinuvi davrida Kim Kyo Xyon xavfsizlik sohasida asosiy razvedka xizmati sifatida milliy razvedka maqomini mustahkamladi. U do‘st davlatlarning razvedka idoralari bilan hamkorlik tizimini yaratishga harakat qildi», — deyiladi prezident administratsiyasi izohida.

Prezident Xon Chan Vonni milliy razvedka xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlagan, u «bir muddat» razvedka direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlaydi. Xvan Von Chjin ikkinchi o‘rinbosar lavozimiga tayinlangan.

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol yaqinda Buyuk Britaniya va Fransiyaga amalga oshirgan safaridan qaytdi. 25 noyabr kuni Kim Myon Su Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi. Oktyabr oyining boshida mamlakat mudofaa vaziri almashgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring