Janubiy Koreya prezidentining olti nafar maslahatchisi yoppasiga iste’fo berdi
Janubiy Koreya prezidenti devoni rahbari va yana besh nafar maslahatchisi yoppasiga iste’fo berishdi. Bu haqda mamlakatning «Renxap» agentligi ma’lum qildi.
Xususan, davlat va fuqarolik siyosati, jamoatchilik bilan aloqalar, kadrlar siyosati, shuningdek, fuqarolik jamiyati bo‘yicha maslahatchilar ish faoliyatlarini to‘xtatishlari haqida xabar berilgan.
Iste’folar yuqori mansabli davlat amaldorlari «yaqinda bo‘lgan voqealar» bo‘yicha mas’uliyatni to‘liq o‘z zimmalariga olishlari belgisidir, deyiladi prezident devoni agentlikka bergan ma’lumotda.
«Yaqinda bo‘lgan voqealar» deganda ko‘chmas mulk sohasidagi siyosatning tanqid ostiga olinishi taxmin qilinyapti, biroq prezident devoni bu talqinga munosabat bildirmadi, deb yozadi «Renxap».
Maslahatchilarning iste’fosini qabul qilish yoki qabul qilmaslik borasida so‘nggi so‘zni mamlakat prezidenti Mun Chje In aytadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter