Janubiy Koreya prezidenti vaqtinchalik lavozimidan chetlatildi
Janubiy Koreyada prezident Yun bilan bog‘liq voqealar Milliy assambleya unga nisbatan impichment e’lon qilish taklifini qabul qilganidan keyin rivojlanmoqda.
Milliy assambleya tomonidan impichment e’lon qilinganidan so‘ng prezident Yun Sok Yol bu masala Konstitutsiyaviy sud tomonidan ko‘rib chiqilgunga qadar lavozimidan chetlashtirildi.
Konstitutsiyaviy sud uning o‘z vazifalarini bajarishda davom etishi yoki yo‘qligi haqida qaror qabul qilishi kerak.
Bu vaqt ichida mamlakat bosh vaziri Xan Dak Su muvaqqat prezident vazifasini bajaradi.
Ayni paytda Assambleyaning Yunga nisbatan impichment e’lon qilish qarori sudga taqdim etilgan va qarorni muhokama qilish jarayoni boshlangan.
Rasmiylar bu masala bo‘yicha yig‘ilish 16-dekabr kuni o‘tkazilishini aytgan.
Ma’lumot uchun, impichment jarayoni bilan bog‘liq dalillarni tinglash va baholash uchun tinglovlarni o‘tkazadigan sud 6 oy muddatda impichmentni tasdiqlash yoki rad etishi mumkin. Agar sudning 9 nafar sudyasidan 6 nafari qarorni ma’qullasa, rahbar lavozimidan chetlashtiriladi.
Bunday hollarda 60 kun ichida yangi prezident saylanishi kerak. Bu tartib davlat rahbari iste’foga chiqqan taqdirda ham amal qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter