Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya parlamentiga prezidentga impichment to‘g‘risidagi hujjat kelib tushdi

Janubiy Koreya parlamentiga prezidentga impichment to‘g‘risidagi hujjat kelib tushdi

Janubiy Koreyaning olti partiyasi, jumladan, asosiy muxolifatdagi Demokratik partiya prezidentga qarshi impichment to‘g‘risidagi qonun loyihasini parlamentga taqdim etdi.

«Ovoz berish 6-7 dekabr kunlari bo‘lib o‘tishi kerak», – deb xabar bermoqda mahalliy OAV.

Shuningdek, «Yonhap» agentligi Janubiy Koreyadagi muxolifat prezidentga impichment jarayonini bugun, 4 dekabr kuni boshlashi haqida xabar beradi.

Ma’lumot uchun, impichment ayrim davlatlarda, masalan, AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi davlatlarda oliy mansabdor shaxslar (mamlakat prezidenti, hukumat boshlig‘i va shu kabilar)ni javobgarlikka tortish va ularning jinoyatlari to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rib chiqishning alohida tartibi hisoblanadi. Impichment vaqtida jinoiy ish qo‘zg‘atish va sudga berishni, odatda, parlamentning quyi palatasi amalga oshiradi, ishni ko‘rib chiqish esa – oliy palataning vazifasi. Bu esa lavozimdan chetlatish (bo‘shatish) bilan yakunlanishi mumkin. Impichment tartibida hukm qilingan shaxs umumiy tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring