Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya karantinni buzganlarni deport qilmoqda

Janubiy Koreya karantinni buzganlarni deport qilmoqda

Foto: «Inbusiness.kz»

Janubiy Koreya karantin qoidalarini buzgan chet elliklarni deportatsiya qilishda davom etmoqda, deyiladi «Regnum» xabarida.

«Yonhap News» mamlakat adliya vazirligiga asoslanib xabar berishicha, 17-aprel kuni maxsus ilova (karantin nazorati uchun) o‘rnatilgan telefonlarini karantin zonasida qoldirib, u yerni tark etgan uch nafar vetnamlik talaba hamda xuddi shunday ilova o‘rnatilgan smartfonini yotoqxonada qoldirib, uch marta karantin qoidasini buzgan malayziyalik talabani vatanlariga qaytarib yuborish haqida qaror chiqarilgan.

Maxsus reys yo‘lga qo‘yilsa yoki mamlakatlar o‘rtasida aviaqatnov tiklanishi bilanoq bu tartibbuzarlar «ilk baxtli chipta» egalariga aylanishadi.

Koreya Respublikasida xuddi yuqoridagiga o‘xshash sabablar bilan 8-aprel kuni bir indoneziyalik, 14-aprel kuni Vetnamning uch nafar fuqarosi deportga tushgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring