Janubiy Koreya Belarusga sanksiya kiritdi

Janubiy Koreya tashqi ishlar vazirligi Belarusga eksport cheklovlari joriy etilganini ma’lum qildi.
«Janubiy Koreya hukumati Belarus Ukrainada ruslarning harbiy amaliyotini qo‘llab-quvvatlayotgani bois ushbu mamlakatga eksportni nazorat qilish bo‘yicha cheklovlarni bugundan kiritishga qaror qildi», — deyiladi KR TIV rasmiy saytida joylashtirilgan xabarda.
Minskka cheklovlar Seul 28-fevralda Moskva uchun joriy etgan cheklovlar bilan bir xil bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter