«Janob Putin, chekasizmi?..»
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov uning chekishga bo‘lgan munosabati to‘g‘risida gapirdi. Bu haqda «TASS» yozmoqda.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, prezident chekishni yoqtirmaydi.
Prezident sog‘lom turmush tarzi tarafdori.
Kreml vakilining ta’kidlashicha, Putinning atrofida chekuvchilar deyarli yo‘q.
«Prezident atrofida chekadiganlar sanoqli, ularni sanashga barmoqlaringiz ko‘plik qiladi», — degan Peskov.
Avvalroq Rossiyada kvartiralar, mehmonxonalar va yotoqxonalarning balkonlarida chekishni taqiqlovchi qoidalar joriy etilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter