Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janjalli intervyuga munosabat bildirgan taniqli boshlovchi ishdan ketdi

Janjalli intervyuga munosabat bildirgan taniqli boshlovchi ishdan ketdi

Buyuk Britaniyaning eng taniqli teleboshlovchilaridan biri Pirs Morgan ITV kanalini tark etdi va bundan buyon «Xayrli tong, Britaniya» ko‘rsatuvini olib bormaydi.

Hammasi Pirs Morgan Megan Marklning bironta ham so‘ziga ishonmasligini aytganidan keyin boshlandi. Telejurnalist Sasseks gersoginyasini shuhrat qozonishga urinishda ayblagandi.

Shundan so‘ng Britaniya media nazorati organiga Morgan ustidan o‘n minglab arzlar tushgan va jurnalistga nisbatan surishtiruv boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, shahzoda Garri va Megan Markl amerikalik taniqli teleboshlovchi Opra Uinfriga katta intervyu berishgan, suhbatda qirollik oilasi sha’niga uncha munosib bo‘lmagan so‘zlar yangragan, xususan, ular irqchilikka to‘qnash kelishganini aytishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring