Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi

Jahonda koronavirusni yuqtirish bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi

Foto: «Daily News»

Jahon bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni kecha — 24 soat ichida 292 ming nafarga ko‘paydi, bu pandemiya davridagi eng katta kunlik o‘sishdir.

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, ayni soatlarga kelib, dunyoda yangi turdagi koronavirusni yuqtirganlar umumiy soni 17,75 million nafardan oshgan. Virus qurbonlari soni 682 ming nafardan ziyod.

11 milliondan ortiq bemor sog‘aygan, salkam 6 million bemor davolanishni davom ettiryapti.

Koronavirus eng ko‘p qayd etilgan mamlakatlar: AQSh (4,70 mln.), Braziliya (2,66 mln.), Hindiston (1,69 mln.)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring