Jahon turizmi pandemiya oqibatida $460 milliard zarar ko‘rdi — BMT
Jahonda koronavirus pandemiyasi oqibatida 2020-yilning birinchi yarmida sayyohlar oqimi 65 foiz pasayib ketdi. Taxminan 440 millionga yaqin sayohat amalga oshmay qolishi ortidan turizm sohasi $460 mlrd. yo‘qotdi. Bu haqda BMTning Jahon turizm tashkiloti ma’lum qildi.
Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, soha ko‘rgan zarar miqdori global iqtisodiy inqiroz kuzatilgan 2009-yildagidan besh karra ko‘p!
Koronavirusdan eng ko‘p Osiyo zarar ko‘rdi — sayyohlar oqimi 72 foiz qisqardi. Bu ko‘rsatkich Yevropada — 66 foiz, Afrika va Yaqin Sharqda — 57 foiz, Amerikada — 55 foiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter